Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu kartina markazida erkak obrazi turibdi. Uning yuz ifodasi yon tomondan tasvirlangan bo`lsada, o`ziga ishonch va mamnuniyatni yashirmagan. Egnida atlas chopon hamda boshida do`ppi kiygan holatda kimnidir kutishga chog`lanayapti. Mevalar bilan bezalgan dasturxonning o`ziyoq mentalitetimizga xos ehtiromni ko`rsatib bergan. Rassom bu asari orqali ko`p asrlik an`analarga zamonaviy tus bergan va tasvirdagi har bir detal o`zbekona mehmondo`stlikni namoyon qilgan. Ijodkor kartinani yuqori aniqlik va yorqin rang maydonida tasvirlagan, bu esa mukammal kompozitsyani vujudga keltirgan.
Ish yaratilgan yil:
2014
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
55x75
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst