Ish haqida
Kartinada rassom o’yinchoqlari orasidagi yosh bir qizni tasvirlaydi. U mehr bilan o’z qo’g’irchog’ini quchoqlab turibdi. Xuddi ona o’z farzandini quchoqlagandek. Qizning ko’zlari yumiq, iyagi esa qo’g’irchoqning boshiga tegib turibdi. Chap qo’l harakatlari qo’g’irchoqni yana ham maxkamroq quchoqlamoqchi bo’layotganidan darak beradi.
Rassom kartinada bu dunyodagi barcha inson uchun kerak bo’lgan eng noyob tuyg’ulardan biri - mehrni tasvirlashga harakat qilgan. Buning uchun yosh qiz siymosini tanlagan. Bu albatta o’ziga xos qarash bo’lib, onalarni hali go’daklik chog’idanoq mehrga yog’rilganidan darak berib turadi. Voyaga yetgan sari esa bu mehr yanada oshadi. Shunga bo’lsa kerak barcha insonlar mehrni ona va ayol siymosida ko’radi.
Agar kartinalardagi ranglarga e’tibor beradigan bo’lsak, orqa fon qora rangda tasvirlanmoqda. Birinchi planda tasvirlangan qizchaning liboslari esa unga kontras bo’lgan och rangdagi bo’yoqlarda ifodalangan. Bu esa qizaloq va uning qo’lidagi qo’g’irchoqning kartinaga bir qaraganda yaqqol ko’zga tashlanishiga sabab bo’ladi. Bu ham rassomning mahoratidan darak berib turibdi.
Ish yaratilgan yil:
2017
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x57
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst