Namoyon Mehrob
  • Baxmal, zar ip
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    245x195
  • Narx
    90,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
O‘zbekiston amaliy san’atining go’zal na’munasi sifatida ushbu Mehrob namoyonini aytish mumkin. Ushbu noyob namoyon 245*195 sm o’lchamda bo‘lib, qizil rangli baxmal yuzasiga zardo‘zlik uslubida naqshlar tikilgan. Usta “zardo’zi-guldo’zi” va “zardo’zi-zamindo’zi” uslublarini qo‘llagan holda anor va uning gullari naqshini ishlagan. Ushbu namoyonni yaratishda usta naqqosh girih va islimiy naqshlardan mohirona foydalangan, Namoyonni uzoq va yaqindan ko‘rinishini hisobga olgan. Naqshning band va tanoblarini darajalarga ajratib, birinchi darajali naqsh chiziqlariga alohida ahamiyat berilgan. Hoshiyasi keng, gul va yaproqlar tog’ri chiziq holida joylashtirilgan. U bo’rtma zarxal chok bilan chegaralangan. Naqshlar “zamindo‘zi” uslubida bajarilgan. “Zamindo‘zi” mumtoz naqshinkor choklar bo’lib, zardo’zlarning urf-odatlari, badiiy madaniyati va texnik mahoratini o’zida aks ettirgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2018

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    245x195

  • Ishlar seriyasi:

    Zardo'zlik

  • Shahar:

    Buxoro

  • Toifa va usul:

    Baxmal, zar ip

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q