Ish haqida
Ushbu natyumortda rassom uni o’rab turgan olamning oddiy ammo takrorlanmas ranglar jilosini his qilish imkonini yaratadi. Asarda metal yoki keramikadan ishlangan turli tuman kumgan va samovar tasvirlangan. Ularning turli shakllarda: dumaloq, sharsimon tanasi, silliq egri uzun burunga ega ko’rinishi kompozitsiyada o’zgacha manzarani hosil qilgan. Ranglardagi tafovut esa kompozitsiya muvozanatini ushlab turibdi. Asar butunlay Sharq madaniyatini kuylaydi. Unda tasvirlangan buyumlar shu madaniyatning belgisi va bo’lagi ekanligini ko’rsatadi. Asarning o’ziga xosligi kompozitsiya yuzasida deyarli bo’sh joy qolmagan bo’lsada, undagi buyumlarning hech biri ortiqcha ekanligi sezilmasligidadir.
Ish yaratilgan yil:
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
120x120
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada