Ish haqida
Bu asarda jamiyatning asosiy bo`g`ini hisoblangan oila tasvirini ko`rishimiz mumkin. Iijodkor ikkala qahramoniga ham o`zbekona lutf va andishani singdirishga harakat qilgan. Ko`zalarning katta-kichikligining o`ziyoq milliy urf odatlarimizga hurmat tuyg`usini yaqqol ko`zga tashlaydi. Erkak obrazida o`ziga xoslik mavjud bo`lib, u ulug`vorlik va donolikni ko`rsatib turibdi. Ayol esa hamma zamonlarga xos bo`lgan takalluf bilan qo`llarini ko`ksiga qo`ygancha egilib turibdi. Mehr-muhabbatning davomiyligini ta`minlash uchun farzand asosiy rol o`ynaydi. Bunday ulug` vazifani buyuk Yaratuvchi ayolning zimmasiga yuklagan. Kulol ham o`z qahramonini mana shunday ezgu ishni amalga oshirish ostonasida turgan holatda tasvirlagan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
27x22
Ishlar seriyasi:
Kulolchilik
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
sopol