Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan ushbu kartinada beqiyos mehr timsoli hisoblangan “onaizor” obrazi tasvirlangan. Ijodkor asarni chizishda moybo’yoqda ishlagan bo’lib, asosan qora rangdan foydalangan. Bu esa ayni vaqt tun pallasi ekanligi va onaizor shu vaqtda ham bedor ekanligini ko’rish mumkin. Asosiy syujet onaning go’dagini emizish holati hisoblanadi. Onaning yuzi tasvirlanmagan bo’lib, u tomoshabinga orqa o’girgan holatda farzandiga tikilib turibdi. Ayolning egnida uzun ko’ylak, boshida ro’mol va sochlari yoyilgan holatda tasvirlangan. Asar xilma – xil kaloritga boy bo’lmasada, mazmuni beqiyosdir.
Tomoshabin kartinada qaraganda belanchak, go’dakning boshi va orqa holatda tizzalab turgan ayol obrazini ko’rishi mumkin. Biroq ijodkor unda mehr, zahmat, mashaqqat tuyg’ularini ham singdirib o’tganini faqat kuchli hissiyot egasigina anglab yeta olishi mumkin.
Ish yaratilgan yil:
2005
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
90x80
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst