Ish haqida
    
 
        Ushbu “Onalik” asari chuqur psixologik ifodaliligi bilan tomoshabin diqqatini o’ziga jalb etadi. Kompozitsiya o’ziga xos bo’lib, yon atrofda qadimiy binolar, birinchi planda ona va undan sal nariroqda esa karnay chalayotgan yigit tasvirlangan. Asarda onaning ichki kechinmalari, his-tuyg’ulari ishonarli ochib berilgan. Garchi ayolning yuzi ishlanmagan bo’lsada, undagi farzandga bo’lgan mehr ayol pozasida va qo’l harakatlarida o’z aksini topgan. 
Asarda yosh onaning pok qalbi, go’zal qiyofasi, baxtiyor onalik kayfiyati rangin bo’yoqlarda chizilganki, bu asarni tomosha qilgan kishida asarga nisbatan iliq taassurot uyg’onadi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2023
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                122x90
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Maishiy
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst