Ish haqida
Asarga tikilib turgan sari inson tabiatning o’zi buyuk musavir ekanligiga yana bir bor amin bo’ladi. Unda oniy bir lahza tasvirlangan. U inson qalbini larzaga keltirar darajada sokin va go’zal.
Quyosh o’z ortidan qizg’ish shafaq qoldirib ufq ortiga botmoqda. Quyosh nurlari asta-sekin chekinishi bilan yorug’lik o’rnini shom qorong’uligi egallamoqda. Osmonni to’ldirib bir tekis uchayotgan turnalar to’la-to’kis qorong’ulik tushishiga hali bir oz fursat borligini bildirib turibdi. Bularning barchasi kompozitsiya sizni bir qarashdayoq so’zsiz ham o’ziga maftun etishiga yordam beradi.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
42x15
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Shahrisabz
Toifa va usul:
Akvarel,qog'oz
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada