Ish haqida
Kartina kompozitsiyasi uchun tog’ bag’ridagi qishloqning oqshom qiyofasi tanlab olingan. Moviy oqshom osmoni fonida bir-biriga ulanib ketgan uylarning qorong'u manzarasi ajralib turadi. Ba’zi uylar derazalarida chiroq nuri porlaydi. Ular kimningdir kelishini kutayotgandek go’yo. Fon qismida esa tanlangan mahobatli qoyalar, uning etagida tasvirlangan daraxtzor silueti kartina jozibasini yanada oshirgan. Muallifning rang-barang effektlarni qo’llashi va hissiy ekspressivligi, badiiy lahzani nasriy motivga shu tarzda kiritish usuli uning mahoratidan darak beradi.
Ish yaratilgan yil:
2002
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
113x83 copy
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst