Ish haqida
    
 
        Bir qarashdayoq kishini o’ziga maftun etuvchi ushbu kartina yorqinligi, jilosi, betakror xattotlik na’munasi bilan barchani lol qilishi aniq. Kartina akrilda ishlangan bolib, fatal tillasida ishlov berilgan. Bu esa bezak va yozuvlarni o’ziga xos tovlanishiga va biroz bo’rtma tasvirlashga yordam bergan. Kartina uch qismdan tashkil topgan bo’lib, doiralar markazga qarab kichiklashib borgan. Asarning to’rtta burchagi to’rt xil rangli nafis gullar yordamida bezatilgan. Markazda to’q malla rangdagi ikki doira mavjud bo’lib, birinchi doira ichida tilla suvi yordamida,  arab alifbosida Qur'oni Karimning eng ulug’ 255-oyati bo’lgan “Oyatal kurs” dumaloq shaklda o'yib bitilgan. Ushbu sura asrovchi xususiyatga ega bo'lib, yer va osmondagi barcha narsa Yaratganga tegishli ekanini so'zlaydi. Markazda tasvirlangan yosiman guli - jannat gullaridan biridir. Bu bilan ijodkor ushbu sura Jannat darvozalarini ochuvchi va unga olib boruvchi vosita ekanligiga ishora qilgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2023
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                100x90
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Xattotlik
            
  
                Shahar:
            
 
                Namangan
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Mo'yqalam, turli ranglar