Ish haqida
Hayotning har lahzasi go’zal bo’lsada, uning kechalari o’z jozibasi bilan barchani o’ziga jalb qiladi. Bu hissiyot asrlar davomida insoniyat ruhiyatiga singib borgan. Huddi shu tuyg’uni yuqoridagi kartinada ham tomosha qilishimiz mumkin. Maishiy janrdagi ushbu kartinada balog’at yoshidagi uch nafar sohibjamollarning go’zal oy yog’dusi ostidagi “sirli uchrashuvi” deya tasvirlasak mubolag’a bo’lmaydi. Personajlar bir-biriga yaqin o’tirgan holatda suhbat qurishmoqda. Yuqoridan zulmat pardasini yorib o’tgan yorug’lik esa ularning yuzlari va liboslarida aks etib turibdi. Ijodkor tun pallasi ekanligini tomoshabinga anglatish maqsadida, ularning yuzlarini aniq tasvirlamagan. Kartina kompozitsiyasida qora va to’q ko’k ranglar ustunlik qilsada, ijodkor oq rang orqali kechaning “oydin” ekanligini eslatib o’tadi. Shuningdek qizil, pushti va sariq ranglarning uyg’unlashuvi uning go’zalligini yanada boyitgan. Kartina syujeti tomoshabin qalbida sokinlik, do’stlik, sukunat va hotirjamlik tuyg’ularini uyg’otib, benazir go’zallik sohibi bo’lish hissini uyg’otishi shubhasiz.
Ish yaratilgan yil:
2017
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
90x136
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst