Ish haqida
    
 
        Kartina manzara janrida bo`lib, kompozitsyaning asosiy qismini tun go`zalligi  tashkil etgan. Osmon o`zgacha ko`rinishda, oy nurlari bilan yorqin yoritilgan, bulutlar esa nihoyatda aniq. Osmonning moviy kaloriti hamda yulduzlar o`zining betakror go`zalligi bilan kishinin e`tiborini  tortadi. Yashil ranga ega kengliklar yumshoq va sokinligi bilan ko`zni quvontiradi. Uzoqroqdan, zich daraxtlar bilan qoplangan uylarni ko`rishimiz mumkin. Hali uyquga yotilmagan, chiroqlarni o`chirishga esa hech kim jur`at  qilgani yo`q, go`yo ular yaqin atrofga ajoyib manzara yaratilayotganini sezishayotgandek. Musavvir asarning har bir detaliga mohirona yondashgan, shuning uchun ham eng kichik shitirlash yoki chayqalishlargacha tomoshabinga yetkaza olgan. Bu “oyli oqshom”ning inson tuyg`ulari bilan uyg`unlashuvini ta`minlagan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2001
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                all size copy
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Toshkent
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst