Ish haqida
    
 
        Manzara janrida yaratilgan ushbu kartinada muallif tabiat mo’jizalaridan birini tasvirlaydi. Kompozitsiya markazidan ikkiga bo’lingan yurak shaklidagi qoyatosh tasviri o’rin olgan. Rassom turli kaloritdan foydalangan bo’lsada, kartinada kulrang, jigarrang ustunlik qiladi. Asar fonida biroz bulutli, ammo yorug’ kunning tush mahali tanlab olingan. Qoyatosh atrofi yam-yashil dararxtzor bilan o’ralgan, tog’dan oqib keluvchi daryo to’liq va beqaror. Qirg’oq bo’yidagi mayda toshlar uyumi yirik qoyatoshga kontras qilib ishlangan bo’lib, kompozitsiya muvozanatini saqlaydi. Tabiatning ushbu betakror manzarasi orqali rassom unda mumtoz go‘zallikning shiddatliligi va tabiat uyg‘unligini mohirona yetkazgan. Kartina tomoshabinni o'ziga xosligi bilan jalb qiladi va  yaxshi kayfiyat, xotirjamlik va sokin tafakkur beradi.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2022
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                80x70
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst