Ish haqida
Asar qishloq hayotining go`zal manzaralaridan birini ifoda etgan, shu bilan bir qatorda nihoyatda yorqin. Rassom rang kaloritiga asosiy e`tiborini qaratgan. Uzoq tikilib qaralsa musavvir tuyg`ularni atrof bilan uyg`unlashgan holatdagi eng nozik ko`rinishini turfa ranglar orqali mahorat bilan tasvirlaganiga guvoh bo`lamiz. Aynan shu orqali daraxtlar va maysalarning nozik ta`mini to`g`ridan to`g`ri his qila olish mumkin. Ranglar garmonyasi to`liq asar jozibadorligini ta`minlagan.Tabiat barcha fasllarda, ayniqsa yozda go`zal. Rassom juda ko`p yashil rangdan foydalangan, bu esa yozgi ko`katlarni tomoshabinga tabiiy ravishda yetkazishga yordam beradi. Rasm markazida baland uy, atrofidagi yo`lak bo`ylab odamlar qayergadir shoshib ketishayapti. Quyosh nurlari butun asar bo`ylab to`kilib, issiqlini yanada kuchaytirmoqda. Yorqin ranglar va soyalar uyg`unligi tomoshabinni tinchlantiradi va quvonchli kayfiyat beradi.
Ish yaratilgan yil:
2016
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
70x65
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst