Qishloqda yoz
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    120x80
  • Narx
    6,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Rassom ushbu asarda tabiatning yozgi manzarasini tasvirlaydi. Unda kompozitsiya voqealari qishloq dalasida yuz beradi. Asar markazida oqib o’tgan ariq go’yo uni ikki qismga ajratgan. Chap qismda keng oltin rangdagi bug’doyzor ko’rinadi. Uning ortida esa mitigina bo’lib ko’rinayotgan qishloq uylari. Asar fonida moviy osmon va unga tutashib ketgan mahobatli tog’lar bo’y ko’rsatadi. Kartina harakatga to'la, atrofdagi hamma narsa nafas oladi va yashaydi: suv yoqasi bahordan buyon turli o’t-o’lanlar bilan to’lgan, hozir ham o’sishda davom etmoqda. Suvning tiniq, to’lib oqishi esa bu yil hosilning mo’l bo’lishidan darak beradi. Asarda nafaqat kalorit boyligi ko’ramiz, balki u orqali kunning issiq taftini, o'tloqning xushbo'y hidini his qilish mumkin. Kartina o‘zining tanishligi va motivining soddaligi bilan har qanday tomoshabinni o‘ziga tortadi
  • Ish yaratilgan yil:

    2020

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    120x80

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Navoiy

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Bu asar yagona nusxada
    Bu asar yagona nusxada
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q