Ish haqida
Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada go’zal kuzning tarovati aks ettirilgan. Kompozitsiyada so’lim qishloq va qurib qolgan daryo o’zani syujeti tanlab olingan. Ulkan toshlardan iborat o’zan kartinaning markazidan ichkariga qarab torayib borgan. Uning ustida ko’prik tasvirlangan bo’lib, u go’yo ijtimoiy hayot va tabiat o’rtasidagi bog’lovchi ko’prik vazifasini bajarayotgandek taassurot uyg’otadi kishida. Pastak uylar va yashil-sariqlikka burkangan daraxtlar manzarani yanada hayotiy va mukammalligini ta’minlagan. Tasvirdagi quyosh nurining yo’nalishi va nur-soya o’yini orqali ayni vaqt ertalab ekanligi va oila a’zolari o’z yumushlari bilan yo’lga chiqqanligini ko’rish mumkin. Tomoshabin nigohi kaloritning mohirona uyg’unligi, ranglar jilosi va tasvirning yorqinligiga tushganda, shubhasiz, undan zavq olib, sokin kuzning jilosidan ruhiyatida ajib hissiyotni tuyadi. Tabiat go’zalligi mohirona tasvirlangan ushbu kartina har qanday uyning ajoyib bezagi bo’la oladi.
Ish yaratilgan yil:
2018
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
80x60
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst