Ish haqida
Kartina maishiy janrda ishlangan bo`lib, unda paranji yopingan ayol qiyofasi gavdalantirilgan. Rassom qahramonini o`zgacha tarzda tasvirlaydi, uning yuz ifodasi ichki kechinmalari hamda his-tuyg`ularini ochiq bayon etib turibdi. Ayol boshiga meva to`la savatni ortgancha qiyalikdan tushib kelayapti. Yonidan o`tayotgan yigit esa bunga umuman befarq. Ijodkor bu orqali o`tmish zamonlari va bugungi kun muammolarini o`zaro bog`lagan. Ranglar uyg`unligiga ham o`ta noziklik bilan yondashilgan va bu orqali tabiat pardozlangan. Qizg`ish va sariq ranglar mutanosibligi tasvirga yanada yorqinlik va kenglik bergan.
Ish yaratilgan yil:
2010
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
60x97
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst