Ish haqida
    
 
        Yam yashil adirlar, gullagan daraxtlar ayni bahor ayyomi bo’lmish “Navro’z” dan darak berib turibdi. Kartinada milliy inshoatlar va o’tovlar yonma-yon tasvirlangan. Bu Navro’zning uzoq davrlar mobaynida ham ko’chmanchi hamda o’troq aholining sevimli bayrami bo’lib shakllanib kelganidan darak berib turibdi.  Kartinaning birinchi planida ot choptirayotgan qiz va yigit tasvirlangan. Bu o’ziga xos milliy sport o’yinlardan biri bo’lgan “qiz quvdi” o’yinidir. Bunda yigitlarning chavondozligi sinovdan o’tkaziladi. Ular otda qizga yetib olishlari kerak. Agar yetib olishsa qiz unga turmushga chiqadi. Yetib ololmasa qiz yigit uchun armonga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki nafaqat o’zbek yigitlari balki o’zbek qizlari ham chavondozlikda tengsiz bo’lgan. . Asarda  milliy kashtalarimiz, so’zana, alacha, atlas kabi milliy matolarimiz ko’rsatib berilgan. 
Kartinada harakat va ko’tarinki ruh mujassam. Bu ranglar uyg’unligi bilan qo’shilib mukammal syujetni hosil qilgan.
    
 - 
                Ish yaratilgan yil:
             - 
                2005
             
- 
                Ishning o'ziga xosligi:
             - 
                O'ziga xos ish
             
- 
                Bezatish:
             - 
                Ramka
             
- 
                O'lcham:
             - 
                128x72 cm
             
- 
                Ishlar seriyasi:
             - 
                Maishiy
             
- 
                Shahar:
             - 
                Toshkent
             
- 
                Toifa va usul:
             - 
                Moy bo'yoqlari, xolst
             
 -  
-  
                        Qayta sotuv
                     
                        Bu ish yagona nusxada sotiladi