Ish haqida
Maishiy janrda ishlangan kartinalarda odatiy turmush tarzida uchrovchi yumushlar tasvirlanadi. Ammo rassom tanlagan ushbu manzara alohida e’tiborga loyiqdir. Unda islom dini vakillari uchun muqaddas sanalgan masjid tomon qor kurab yo’l ochilayotganligi tasvirlangan. Bir qarashda tomoshabin e’tibori orqa fonda moviy gumbazli, baland mahobatli masjid binosi tortadi. Asosiy planda esa keng oq gilam bilan qoplangan maydon va o’z ishi bilan band personajlar o’rin olgan. Kartinada rassom turli yorqin ranglar sxemasidan foydalangan. Aynan rangbarang kalorit asarga quvonch va iliqlik tuyg'usini olib kirgan. Asarda me’moriy obyekt va obrazlarning mohorat bilan joylashtirilishi kompozitsiya muvozanatini taminlagan. Ushbu kartina tomoshabinga qor haqidagi unutilgan taassurotlarini yodga soladi.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
40x30
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst