Ish haqida
Quyoshli buket deb nomlangan ushbu natryumort bir qarashda tomoshabinda iliq taassurot uyg’otadi. Kartinada foydalanilgan issiq ranglar, ustma-ust zich qilib joylashtirilgan gulbarglar asar markazini egallaydi. Choyshab ustiga to’kilgan gulbarglar, shaffof suv va shisha guldon ijodkorning mahoratidan darak berib turibdi. Rassom ushbu asarda tabiatning go’zalligi, nozik his-tuyg’ular va beg’uborlikni kuylaydi. E’tibor bilan qaralsa yorqin sariq lolalar orasida uchrab turgan bir ikkita qizil lola kompozitsiya muvozanatini saqlab turganiga guvoh bo’lamiz. Eng muhimi ushbu asar nafaqat mehmonxona balki barcha turdagi xonalar uchun ham mos keladi.
Ish yaratilgan yil:
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
85x85 cm
Ishlar seriyasi:
Natyurmort
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada