Ish haqida
Ushbu asarda ishlangan raqqosa qiz butunlay sharqona ruhda tasvirlangan. Uning liboslarida ham plastikasida ham milliy ruh uyg’unligini sezish mumkin. Boshdagi iroqi do’ppi va atlas nimcha so’zimizni takidlab turgandek go’yo. Asar qahramoni pozasi va sochlari tartibsiz tasvirlanishi raqs keskin harakatlardan iborat ekanligini ko’rsatadi.
Rassom raqqosaning yuz ifodasini jiddiy, mag’rur qiyofada tasvirlash bilan birga hali yosh bo’lishiga qaramasdan o’z ishini mukammal darajada uddalashiga bo’lgan ishonch hissoyitini ko’rsata olgan. Asar nafaqat raqs yoki dinamika, balki hissiyotlarni ham ifoda eta olganligi ilan alohida ajralib turadi.
Ish yaratilgan yil:
2002
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
1
Ishlar seriyasi:
Portrait
Shahar:
Shahrisabz
Toifa va usul:
Akvarel,qog'oz