Ish haqida
Manzara janrida ishlangan ushbu kartinada uchta madrasadan tashkil topgan Registon maydoni tasvirlangan. Bu maydon Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri. Bir necha ming yillik tarix mujassam bo’lgan ushbu maydonni tasvirlashda rassom o’zgacha yondoshgan. Unda Registon maydoni tashqi tarafidan tasvirlangan.
Qizg’ish osmon, yam-yashil daraxtlar va ko’rkam Ulug’bek madrasasi mukammal kompozitsiya tashkil qilgan. Asosan to’q ranglardan foydalanilgan. Bu esa shom qorong’uligini ifodalashga katta yordam bergan.
Ushbu asar tarix ixlosmandlari uchun ajoyib sovg’a hamda uyingiz uchun dekorativ bezak vazifasini bajaradi.
Ish yaratilgan yil:
1975
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
90x74
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst