Ish haqida
    
 
        Kartinada Registon maydoni tasvirlangan bo’lib, u uchta asosiy inshoatdan tashkil topgan memoriy majmua sanaladi. Bular sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblan Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalaridir. Asardagi nur va soya o’yini, yorqin ranglar kaloriti inson e’tiborini beixtiyor o’ziga jalb qiladi. 
Unda moviy osmon moviy gumbazlar bilan uyg’unlikda tasvirlangan. Osmondagi oppoq bulutlar esa inshoatning mahobatini yanada oshirib ko’rsatgan. Favvoradan otilib chiqayotgan suvning erkin harakati, to’planib turgan oloman bilan mukammal kompozitsiya hosil qilgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                1980
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                66x48
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Manzara
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst