Registon maydoni
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    106x67
  • Narx
    7,500,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Manzara janrda ishlangan ushbu kartinada Registon maydonining o’zgacha qiyofasi tasvirlangan. Asar kompozitsiyasi bir necha qismdan iborat. Birinchi old plandan avtoturargoh joy olgan. Unda odatiy kunning bir qismi: barcha o’z ishi band. Mashinalar o’z yo’lovchilarini kutmoqda. Bir necha personajlar tasvirlanishi va ularning dinamikasi kartinani jonlantirgan. Onaxonlarning avtobusga chiqish jarayoni, qizaloq va onaning maydondan chiqib borishi, sariq ko’ylak kiyib olgan yo’lovchining maydon bo’ylab harakati jo’shqin hayotning bir qismini yoritib bergan. Nur-soya o’yinlari orqali rassom kunning peshin mahali ekanligia ishora qiladi. Orqa planda esa qadimiy va mahobatli, dunyoga mashhur “Registon” maydoni tasvirlangan. Perspektiva jihatidan yon tarafdan tasvirlanishi, uning o’zgacha qiyofasini ochib bergan. Registonning naqshinkor peshtoqlari, moviy gumbazlari, ulug’vor minoralari o’z salobati bilan tomoshabinni o’ziga jalb qiladi. Kartinada rassom Mahobatli ulug’vorlikni sodda, oddiy hayot ruhi bilan uyg’unlashtirgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    1980

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    106x67

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q