Ruxshona
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    62x86
  • Narx
    10,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
O’zbek qizlari o’zlarining latofati, go’zalligi, ibosi-yu hayosi, maftunkorligi bilan asrlar davomida tillarda doston bo’lib kelgan. Yuqoridagi portretni ana shunday go’zallikning bir namunasi deyishimiz mumkin. Sevgi va muhabbat ramzi bo’lgan olmani qo’lida ushlab turgan qizning lablarida nozik tabassum, nigohida esa sokinlik aks etgan. Egnida “olacha” matosidan tikilgan milliy libos va boshida pat qo’ndirilgan qalpoq qizning husniga yanada husn qo’shgan. Qizning liboslaridagi Buxoro uslubiga xos bezaklar libos ko’rkini yanada oshirgan. Orqa fonda kashtachilikning go’zal namunalari osilgan holatda tasvirlangan bo’lib, bu bilan ijodor milliylik va go’zallik doimo yonma-yon ekanligini tomoshabinga eslatib o’tadi. Go’zallikni sevuvchi va uni qadrlovchilar uchun bu asar ajoyib sovg’a bo’lishi shubhasiz.
  • Ish yaratilgan yil:

    2012

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    62x86

  • Ishlar seriyasi:

    Portrait

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q