Sayyora landshafti
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    59x40
  • Narx
    9,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Manzara jarida yaratilgan ushbu kartinada sayyoramiz landshaftining bir ko’rinishi o’ziga xos uslubda ochib berilgan. Unda noodatiy manzara tanlab olingan: keng sahro, yakka rangdor qoyatoshlar, tungi oyli osmon va yolg’iz it. Cho’l maydoni kartina semantik tuzilishida muhim ro’l o’ynasada, landshaft foni neytral qilib ishlangan. U manzara uchun faol plastik maydon vazifasini bajaradi. Rassom tasvirda yaxlit sof ranglarga ko’proq to’xtaladi. To’q jigarrangli cho’l, moviy osmon fikrimiz dalili bo’la oladi. Qoyatoshlar kaloriti esa bir necha ranglar aralashmasi sxemasidan tashkil topgan. It obrazi esa tiriklikka ishora qiladi. Asarda rassom tom ma’noda hayot, tiriklik va olam haqida tushunchalarni o’zida aks ettirgan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2014

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    59x40

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q