Ish haqida
Kartina inson tuyg’ulari va raqsning o’zaro uyg’unligini ushbu asarda namoyish eta olgan. Unda asosiy plandan o’rin olgan raqqosa qiz obrazi mahorat bilan tasvirlangan. U o’z yorining sog’inchi va muhabbatini raqsi yordamida ifoda etadi. Qizning qo’l harakati, nafis dinamikasi bu haqida so’zlayotgandek go’yo. Kartina dekorativ uslubda yaratilgan. Raqqosaning nozik bo'yalgan yuzlari, bayramona hashamdor libosi, bir vaqtning o’zida sof ranglardan foydalanilganligi fikrimizning dalili bo’la oladi. Orqa fonda tavirlangan karvon esa mashuqqa, uning olisda ekanligiga ishora qiladi. Kartina o’zining maftunorligi, boyligi va yorqinligi bilan tomoshabnni o’ziga maftun etadi.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
98x128
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst