Ish haqida
Asar manzara janrida ishlangan bo`lib, har bir detalda kuz nafasi singdirilgan. Pastqam uylar, toshloq ko`chalar va hazonrezgilik barchasi aynan oltin fasl kelganini ta`kidlayotgandek. Kuzning to`q-yashil barglari bilan bezatilgan daraxtlar, zarhal rangga kirgan kengliklar kartina mohiyatini ochib bergan. Musavvir asarda qishloq muhitini chiroyli aks ettirgan, moviy osmon kaloriti bunga yaqqol dalil bo`la oladi. Osmon qisqa bo`lsada tomoshabinning e`tiborini torta olgan. Musavvir kuzning butun atmosverasini kichik shaharchada his qilishga undaydi va bu bizni hayot shovqin-suronlaridan biroz tanaffus qilishga, kuzning iliq kayfiyatidan bahra olishga chaqiradi. Bir so`z bilan aytganda yengil va sokin quvonch xuddi rasmdagi kabi kaftimizda turgandek.
Ish yaratilgan yil:
1999
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
all size copy
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Toshkent
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst