Shahrisabz
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Yo'q
  • O'lcham
    25x32
  • Narx
    3,600,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Asar Shahrisabzning qadimiy ko’chalaridan “hikoya” qiladi. Kompozitsiyani yaratishda ijodkor och sariq, moviy va to’q sariq ranglardan foydalangan. Asar tor ko’chaning keng qismidan markazga qarab torayib borgan. Orqa fonda esa Dorut-tilovat ansambli tarkibiga kiruvchi asosiy jome masjidi hisoblangan Ko’k gumbaz qad ko’tarib turibdi. Asardagi arxitekturaviy yechim Shahrisabzning qadimiy va mumtoz ruhiyatini aks ettirgan. Ijodkor soya va nur o’yini orqali tush vaqtini mahorat bilan aks ettirgan. Asardagi qadimiy uylar, yo’lovchilarning liboslari, tuproq ko’chalar umumiy holatda sizni o’sha davr muhitiga olib kiradi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2022

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Yo'q

  • O'lcham:

    25x32

  • Ishlar seriyasi:

    Manzara

  • Shahar:

    Shahrisabz

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
  • ico
    Bu asar yagona nusxada
    Bu asar yagona nusxada
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q