Ish haqida
Shaxmat aql mashqi sifatida ko’pchlikka manzur keluvchi o’yin turlaridan biri sanaladi. Yog’och o’ymakor usta uni bezab haqiyqiy san’at asari darajasiga ko’tara olgan. Ikki kursi va markaz qismida shaxmat donalari joylashtirilgan besh qirrali stol yagona majmuani hosil qilgan. Undagi shaxmat donalari nihoyatda bejirim bo’lib, o’ziga xos uslubda ishlangan. Bundan ko’rinib turibdiki usta ishlash davomida kompozitsiyaning garmоniya va fakturasiga katta e’tibor qaratgan.
Ikki yon tomonida ishlangan suyanchiqsiz kursi sakkiz qirrali bo’lib, islimiy naqshlar bilan bezatilgan. Islimiy naqshdagi asosiy element barg bezagidir. Bu barglar naqsh kompozitsiyasini to‘ldirib unga yanada husn berib turibdi. Ishning yuza va yon taraflariga ishlangan shukufta va bofta shakllari mukammal ko’rinish yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
70x50/38x49
Ishlar seriyasi:
Yog'och o'ymakorligi
Shahar:
Farg'ona
Toifa va usul:
Yog'och: yong'oq
-
-
Zakaz asosida 30 kun ichida tayyorlab beriladi
Zakaz asosida 30 kun ichida tayyorlab beriladi