Ish haqida
Ushbu shaxmat doskasi shu turdagi assortimentlar orasidagi o’ziga xos shaxmat donalarining eng jozibali to'plamlaridan biridir. Uning o’ziga hosligini maxsus ertak qahramonlari sifatida yaratilgan shaxmat donalari va qo’l mehnati yordamida yuqori sifatli yog’ochdan ishlangan o’yin maydoni tashkil etadi. Maydon alohida ishlov berilgan oq-qora katakchalar va moviy fondagi ertak qahramonlari kompozitsiyasidan tashkil topgan. Bu bolalar uchun ajoyib dekoratsiya hisoblanadi. Shaxmat donalari qo’l mehnati yordamida yaratilgan, bo’yalgan va yuza qismi laklangan. Bu nafaqat har bir figuraning vaznini, balki ularning individualligini ham aniqlaydi. Doska qattiq yong’oq daraxtidan qilingan. Maydon uchun bo’rtma tagkursi o’yib ishlangan va maxsus liniyalar yordamida ajratilgan. Ushbu to'plamning xususiyati yosh o'yin muxlislarining ehtiyojlariga to'liq javob beradi.