Ish haqida
Aqlli erkaklar orasida shaxmat doskasi va unga biriktirilgan o'ttiz ikkita figura ajoyib sovg’a sanaladi. Yog’och o’ymakorligining nodir namunalaridan biri bo’lgan ushbu shaxmat doskasi nafis bezaklar bilan ziynatlangan. Uning o’yin maydoni oq-qora kataklar va maydon chegarasining mayda gullar bilan bezalgan arnamentlaridan tashkil topgan. Shu bilan birga ikkala tomonida stilistik shaxmat donalari yotadigan tortmalari ham mavjud. Bu o’yinchilarga ancha qulaylik tug’diradi, chunki donalarni saqlash uchun alohida joy izlash shart emas. G’aladonning yuza qismi maxsus tasvirlar: Sharq xalqlariga xos inshoatlar va karvon tasvirlangan. Chegara qismlarining tilla rang liniyalari unga alohida ko’rk berib turibdi. Bunday to'plam shinam uy va mustahkam ofis interyeri uchun ajoyib bezak bo’la oladi.