Ish haqida
Kartina manzara janrida ishlangan bo’lib, unda inson va tabiat go’zalligini bir butunlikda aks etgan. Kompozitsiyadagi asosiy obraz Shirin tasviri hisoblanadi. Ijodkor asrlar davomida sohibjamolligi bilan tillarda doston bo’lgan go’zalni cho’milayotgan holda aks ettirgan. Quyosh nurlaridan kun peshin bo’lganini bilish mumkin. Quyoshning nurlarida nafaqat sokin oqayotgan daryo, shuningdek, Shirinning nozik badani ham tovlanib turibdi. Devor ortidan Shirinning visolida devona bo’lgan Farhod obrazi otda o’tirgan holda tasvirlanib, u mahbubining go’zalligini tomosha qilmoqda. Tabiat ham ikki yoshning sevgisi singari nihoyatda go’zal va betakror. Ijodkor kartinani tasvirlashda yorqin ranglardan foydalangan bo’lib, uning jilosi tomoshabin ruhiyatiga sevgi va muhabbat singari sof tuyg’ularni uyg’otishi shubhasiz.
Ish yaratilgan yil:
2019
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
110x96
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst