Ish haqida
O’zbek madaniyatida oila- eng muhim milliy qadryatlarimizdan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi ulug’ qariyalarimizga alohida hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. Oilada ularning borligi, xonadon egasining uyida “farishta” yashashiga ishora qilinadi. Yuqoridagi kartinada ham ana shunday muqaddas maskan bo’lmish oila a’zolarining o’zaro suhbati aks etgan. Maishiy janrda ishlangan ushbu asar syujeti ko’pchilikni diqqatini tortishi shubhasiz. Yoshi ulug’ onaxon o’g’li, kelini va nabiralari davrasida xushnud holda tasvirlangan. Oilaning barcha a’zolarining nigohi onaga qaratilgan. Bu esa uning so’zlayotgani, qolganlar esa tinglashayotganini bildiradi.
Ijodkor asarda oq kabutarni tasvirlagan bo’lib, u yuqoridan suhbat qurayotganlarga tikilib turibdi. Go’yo tinchlik va osoyishtalik timsoli bo’lgan oq kabutar ham farovonlik hukm surayotgan davra ahliga havas bilan qarayotgandek taassurot qoldiradi kishida. Kartinada oq, sariq, moviy, jigarrang, qizil ranglardan foydalanilganligi va asardagi kaloritning boyligi uning jilosini yanada oshirgan.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
60x70
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst