Ish haqida
Terrakota (kichik hajmli haykalchalar) tarixda muhim o`rin egallagan va bugungi kungacha o`z ahamiyatini yo`qotmagan. Zamonaviy haykaltaroshlikda ularni ko`plab namunalarini ko`rishimiz mumkin. Yuqorida keltirilgan asar ham an`anaviy qizil loydan ishlangan bo`lib, katta-kichik ko`zalar shaklida yasalgan. Bo`rtma bezaklar bilar pardozlangan va ular bir qarashda ari uyasini ham yodga soladi. Terrakotalarga deyarli rang berilmaydi shu sabali ham asar qizg`ish loy rangida. Qadimgi davrlarda kichik hajmli haykalchalardan hukmdorlar maqbaralarini qo`riqlashda foydalanilgan bo`lsa, hozirga kelib ular uy va offislar uchun bezak vazifasini bajarib kelmoqda.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
52
Ishlar seriyasi:
Kulolchilik
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
sopol