Ish haqida
Devorning ikki yon tomonida tokcha va markazida taxmon ishlangan. Taxmonning eni va boʻyi taxlanadigan koʻrpa va ko’rpachalar joylanishiga moʻljallab qilingan. Uning yuqori qismi ravoq va toʻrtburchak shaklda bo’lib, ganchkori bezak, muqarnas kosachalar va turli rangdagi yorqin bezaklar bilan pardozlangan. Undagi murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan, gul naqshlari esa oʻziga xosligi bilan ajralib turibdi. Devorga ishlangan tasvirlarda vazadagi gul butalari aks ettirilgan bo’lib, yaproq va turli rangda ochilgan gullar tasviri bir maromda berilishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ikki yon tomondagi tokchalarga naqqoshlik asosida bezak berilgan. Tokcha bir necha pog’onadan iborat bo’lib, turli ranglar bilan pardozlangan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
Ishlar seriyasi:
Ganchkorlik
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Gips
-
-
Zakaz asosida tayyorlanadi
Zakaz asosida tayyorlanadi