Ish haqida
Kulolchilik-O`zbekiston xalq amaliy san`atining eng qadimiy, g`oyat qiziqarli turlaridan biridir. Shuning uchun ham bu san`at namunalari tomoshabinni o`ziga tez jalb qila oladi. Quyidagi ijod namunasi ham nozik did bilan ishlangan bo`lib, milliy uslubda yasalgan. Tovoq dumaloq ko`rinishga ega. Asosiy o`rta qismi qadimiy ustalar uslubida bezalgan bo`lib, unda qalampirmunchoq naqshi tasvirlangan. Chetlari esa katakchali, to`rsimon ko`rinishda pardozlangan. Bundan tashqari u o`z sifati va yorqin ranglari bilan ham ajralib turadi. Tovoq asosan moviy rangda ishlangan bo`lsada tagrang oqish hisoblanadi. Agar kishi diqqati oq rangdagi naqshlarga qaratilsa, unda moviy rang o`z-o`zidan asosiy tagranga aylanadi. Bu esa G’urumsaroy uslubiga hosdir.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
35
Ishlar seriyasi:
Kulolchilik
Shahar:
Namangan
Toifa va usul:
Loy