Ish haqida
Rassom ushbu kartina sodda oddiy ko’cha manzarasini va iliq chehralarni tasvirlaydi. Maishiy janrda ishlangan bu asar kompozitsiyasi mukammal yechimga ega. Kartinaga chap tomondan kiriladi. Kichik yo’l orqali manzara yakunlanadi. Asarda turli katta-kichik personajlar tasvirlangan. Asosiy qahramonlar birinchi planda ishlangan. O’ng tomonda qator uylar gavdalantirilishi esa manzara qiyofasini yanda kuchaytirgan. Kartinada ishlatilgan rang-barang kalorit tomoshabinni o’ziga jalb qiladi.
Tunukachi ota va uning sheriklari o’z ishlari bilan mashg’ul, ammo bu holatni tasodifiy kelib qolgan bolakay o’zgartiradi. Yozgi yengil kiyimlarda tasvirlangan bolaning beg’ubor nigohi davraga iliqlik olib kiradi va ularning yuzlariga beihtiyor tabassum yuguradi. Asarda tasvirlangan manzara yaxshilik, quvonch, baxtni ramziy qiyofasini kuylaydi.
Ish yaratilgan yil:
2018
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
120x85
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Navoiy
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst
-
-
Bu asar yagona nusxada
Bu asar yagona nusxada