Uchrashuv
  • Moy bo'yoqlari, xolst
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    52x77
  • Narx
    22,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Maishiy janrda yaratilgan ushbu kartinada yosh oshiqlarning uchrashuvi mohirona tasvirlangan. Asar kompozitsiyasi markazida juftlik obrazlari o’rin olgan. Qiz o’z mashuqining yelkalariga bosh qo’ygan holda, qo’llari ham yuzga yaqin joylashtirilgan. Yigit yuz qiyofasi deyarli ko’rinmaydi. Uni qizning bilaklaridan ushlangan qo’l dinamikasi orqali his qilish mumkin. Qizning ko'zlari mayus, yerga qaraydi, ammo unda ishonch uchqunlari bor. Personaj boshidagi do’ppi, yengilgina tashlangan harir ro’mol, o’zbekona ko’ylak va nimcha milliylikka ishora qiladi. Kartina kompozitsiyasida asosan ko’k va kulrang ranglar ustunlik qilsada, rassom uning bir qismida qizil rangni berib o’tishga qaror qiladi. Ushbu kalorit sevgi, muhabbatning ramziy ifodasi go’yo. Asarda ayol va erkak o'rtasida paydo bo'ladigan his-tuyg'ular yorqin va jozibador qilib tasvirlangan. Kartina syujetida tomoshabin bir vaqtning o’zida hamdardlik, jozibadorlik, muloyimlik va noz-karashmani his eta olishi mumkin. Ushbu asar har qanday uy uchun hashamatli bezak bo'lishi va so'zsiz go'zallik tuyg'usini ta'kidlay oladi.
  • Ish yaratilgan yil:

    2017

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    52x77

  • Ishlar seriyasi:

    Maishiy

  • Shahar:

    Samarqand

  • Toifa va usul:

    Moy bo'yoqlari, xolst

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q