Ustoz va shogird suhbati
  • Tabiiy rang, akvarel, tempera
  • Ijodkor
  • Ramka
    Mavjud
  • O'lcham
    33x45
  • Narx
    10,000,000 so'm
Sotib olish
Ish haqida
Ushbu minyatura tabiiy ranglar uyg`unligida yaratilgan bo`lib, syujetning asosini ustoz va shogird o`rtasidagi suhbat tashkil etgan. Aynan shu orqali rassom tomoshabinga qadriyatlar induvidulligini ko`rsatib bergan. Musavvir Buxoro ipak qog`oziga akvarel hamda oltin bilan zeb bergan. Atrof turli detallar bilan boyitilgan. Ustoz ulug`vor daraxt tagida shogirdlariga ilm ulashmoqda , ular esa xotirjam holatda tinglashayapti. Tabiat bag`ridagi ustozning shogirdlariga qilayotgan nasihati nozik chizgilar bilan ifodalangan. Minyaturaning old qismiga moviy, yashil,pushti ranglar jilva qilgan, orqa fon esa butalardan iborat cho`ldan tashkil topgan. Ularning mushtarakligi kompozitsyaning ta`sirini kuchaytirgan. Tasvirning yana bir muhim detallaridan biri o`ng burchakdagi anor daraxtidir. Ushbu mevaning estetik jihatdan chiroyli shakli turli xil ma`nolarni anglatadi. Kartinada u yetuklik va ezgulik ramzi sifatida asar mohiyatini ochib bergan.
  • Ish yaratilgan yil:

    2017

  • Ishning o'ziga xosligi:

    O'ziga xos ish

  • Bezatish:

    Ramka

  • O'lcham:

    33x45

  • Ishlar seriyasi:

    Minyatura

  • Shahar:

    Buxoro

  • Toifa va usul:

    Tabiiy rang, akvarel, tempera

  • ico
    Taniqli rassom
Rassom haqida
Kengaytirish Qistartirish

Ijodkorning boshqa ishlari

Hali ish yo'q