Ish haqida
    
 
        Ganj o’ymakorligi eng murakkab, mukammal va jozibador bezak boʻlib, koʻp asrlik ijodiy mehnat anʼanalari samarasidir. Undan jamoat binolari va turar joylarni bezatishda keng foydalaniladi. Jumladan ushbu uyni bezashda ijodkor ganjkorlik va maqqoshlikdan mohirona foydalana olgan. Ko’rib turganingizdek ganjdan nafaqat bezak sifatida foydalanilgan, balki uni binokorlikni ajralmas qismiga aylantirilgan. Undagi murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan. Naqsh mujassamotini anʼanaviy oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girix) naqshlar tashkil etgan. 
Yorqin ko’zga tashlanib turgan oq  ustunlar hashamdorlikni yanada oshirib ko’rsatilishiga sabab bo’lgan. Ustunlarni yuqori qismiga ravoqsimon bezak berilib, eng tepasida arab yozuvida bitiklar bitilgan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2008
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Yo'q
            
  
                O'lcham:
            
 
                
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Ganchkorlik
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Gips
            
  -  
    -  
                        Zakaz asosida tayyorlanadi
                    
 
                        Zakaz asosida tayyorlanadi