Ish haqida
Asarda uzoq yillar davomida madaniy markaz bo’lgan Xiva shahrining qadimiy ko’chalari tasvirlangan. Kartinadagi tor ko’chalar, paxsa uylar o’sha davr aholisining maishiy turmush tarzidan darak berib turibdi. Uzoqdan Xivaning mashhur Islomxo’ja minorasi ko’rinib turibdi. Minoraning yuqori qismida joylashgan bejirim karniz va qubbali fonus moviy rangda jilvalanmoqda. Bu uning mahobatini yanada oshirib ko’rsatgan.
Asarda asosan och rangli kaloritdan foydalanilgan. Nur va soya o’yini quyoshning qiya tushgani, peshindan ozroq vaqt o’tganidan darak berib turibdi. Bir so’z bilan aytganda ijodkor bu kartinada “Ming gumbaz shahri” hisoblangan Xivaning go’zalligini mohirona ko’rsatib bera olgan.
Ish yaratilgan yil:
1978
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
50x80
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst