Ish haqida
Kartinada go`zal Xumson qishlog`I manzarasi aks etgan. Ugam daryosi atrofida tasvirlangan bu qishloq o`zining betakror tabiati, takrorlanmas lanshafti bilan tomoshabinni o`ziga tortadi. Atrofdagi hamma narsa tabiiy va maqsadga muvofiq tasvirlangan. Bepayon kenglik, tog` manzarasi, daraxtlar va jilvakor daryo kompozitsyaning negizini tashkil etgan. Asar yorug` va yorqin ranglarga boy shu bilan birga havo bilan to`yingan. Hissiy taassurot ko`p jihatdan yorug`lik bilan bog`liq bo`lgani sababli asarda ko`tarinki kayfiyat vujudga kelgan.Osmonni yengil bulut qoplagan, quyosh esa tog`lar orasiga yashiringan. Bulutdan uncha uzoqlashmagan tog` tizmalari esa peyzajning butun go`zalligini ochib bergan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
120x80
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Namangan
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst