Ish haqida
    
 
        Ushbu kartina o’zgacha ko’tarinki ruh va yondashuvga ega. Maishiy janrda ishlangan asar kompozitsiyasida cholg’u asboblari bilan birga tasvirlangan ansambl o’rin olgan. Kartina bir qarashdayoq tomoshabin uchun tushunarli va aniq ishlangan. Har bir kichik narsa, ko'p sonli tafsilotlar: qahramonlarning pozalarida, qarashlarida va hatto cholg’u musiqalarining ritmi va ohangidan ham asar ruhini his qilish, ko’tarinki kuyni eshita olish mumkin. Personajlar hayajonga to’la qandaydir xursandchilikni nishonlashmoqda. Barcha jo’r ovozda yangi hayotbaxsh kuyni yaratdi. Bu ko’ngillarga huzur, yuzlarga tabassum ulashmoqda. Kartina orqa fonida Samarqand memoriy yodgorligining tasviranishi kompozitsiyani yanada jonlantirib ko’rsatgan. Tanlangan yorqin kalorit ham voqelikni yana aniqroq tomoshabinga yetkazishga yordam bergan.
    
 
                Ish yaratilgan yil:
            
 
                2022
            
  
                Ishning o'ziga xosligi:
            
 
                O'ziga xos ish
            
  
                Bezatish:
            
 
                Ramka
            
  
                O'lcham:
            
 
                110x135
            
  
                Ishlar seriyasi:
            
 
                Maishiy
            
  
                Shahar:
            
 
                Samarqand
            
  
                Toifa va usul:
            
 
                Moy bo'yoqlari, xolst