Ish haqida
Asar mishiy janrida ishlangan bo`lib, mayda detallarga kamroq e`tibor berilgan. Butun borliqni rassom moviy fonda tasvirlagan. Sababi aynan shu rang inson ruhiyatiga kuchli ta`sir etib, quvonch va xotirjamlik tuyg`ularini uyg`otadi. Yangi hayot ostonasiga endi qadam qo`ygan ikki yosh hamda tungi osmon kompozitsyaning asosini tashkil qiladi. Ayol homilador holatda, undagi quvonch va mehr hissini asrga qarab his qilish mumkin. Osmonda esa yangi yulduz porlab, miltirab turibdi. U ramziy mazmunga ega bo`lib, asarning asosiy mazmuni va g`oyasini tashkil etgan. Ijodkor “Yangi yulduz” aslida u emas, tug`ilajak farzand ekanligini homilador ayol obrazi orqali tomoshabinga ko`rsatib bergan.
Ish yaratilgan yil:
2022
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
90x70
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst