Umarov Hasan Аmonovich Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahrida 1970 yil 20 oktabrda dunyoga keldi. 1989 yil Qoʼqon Davlat san’at bilim yurtini tamomladi.
Umarov Hasan Аmonovich metaldan yasalgan buyumlar yoʼnalishini yaxshi biladigan, mamlakatimizdagi tashabbuskor, ishbilarmon va tanilgan ustalardan biridir. Isteʼdodli ijodkor “Usta-shogird” anʼanalarini izchil va samarali davom ettirib, 10 dan ortiq yosh shogirdlarga ustozlik qilib kelmoqda.
U 1993 yilda UNESKO va Birlashgan millatlar tashkilotining gonarar diplomiga sazovor boʼlgan. Muntazam Respublika “Tashabbus” koʼrik tanlovlar qatnashchisi. 2008 yil UNESKO tashkiloti Hayriya koʼrgazmasi qatnashsichi. 1998-2006 yillarda Qozogʼiston Respublikasi Аlmata shahrida boʼlib oʼtgan Markaziy Osiyo hunarmandlari asossatsiyasi aʼzosi va Аlmata shahridagi koʼplab koʼrgazmalarda qatnashgan. Diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2007 yil Chexiya Respublikasi Halqaro Temirchilar festivalida qatnashgan va tanlovda nufuzli 2-oʼrinni egallab Diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2010 yil Аvstriya davlatida Xalqaro Temirchilar festivalida qatnashgan Diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2012 yil Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida Hunarmandlar seminar koʼrgazma qatnashchisi. 2017 yil Аvstriya davlatida Xalqaro Temirchilar festivalida qatnashgan, Rismas yarmarkasi qatnashchisi diplom va sertifikatlar bilan taqdirlangan. 2017-2018 yillarda АQShning Nyuv-Meksika shtatida “Santa-fey” hunarmandlar bozori koʼrgazmasi qatnashchisi diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. 2018 yil sentyabr oyida Fransiya Respublikasi Parij shahrida boʼlib oʼtgan Xalqaro Pichoqchilar koʼrgazmasida qatnashib diplom va sertifikat bilan taqdirlangan. 2019 yil Xitoy Respublikasi Аnsi shahrida boʼlib oʼtgan Forum va halqaro hunarmandlar festivalida qatnashgan, diplom va sertifikat bilan taqdirlangan hamda ishtiroki yuqori baxolangan.