Ish haqida
Ushbu asar animalistik janrda bo’lib, moviy fonda ishlangan. Asar markazida yelkasidan quyosh chiqib kelayotgan arslonni ko`rishimiz mumkin. Bu o`ziga xos tasvir ko’hna Samarqandning Sherdor madrasasida ilk bor qo’llanilgan. Keyinchalik u ko’plab rassomlar qiziqishiga sabab bo’ldi. Ijodkor bu tasvirni birinchi planda chiqarish orqali butun millatimizga xos qadimiylikni ko`rsatib berishga harakat qilgan. Sher qizg`ish tasvirda ishlangan. Uning yelkasidan bodom qovoq, qisiq ko’z qilib ishlangan quyosh bosh ko’tarmoqda.
Pastki qismida arslon quvayotgan ohular qalamga olingan. Diqqat bilan qaralsa ularning dinamikasini yaqol kuzatishimiz mumkin. O`ng tarafda asl quyosh nur taratayapti. Arslon ortida Buxoroning eng ulug’ minorasi “Minorai Kalon” ishlangan. Bu mukammal bir kompozitsyani yuzaga keltirishga sabab bo`lgan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
120x70
Ishlar seriyasi:
Animalizm
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst