Ish haqida
Asarda Samarqandning eski, tor va berk ko’chasi tasvirlangan bo’lib, u manzara janri asosida yaratilgan. Ijodkor bolalik davri, undagi beg’ubor va sof dunyosini sog’inch ila qumsab, uni o’zi ulg’aygan ko’cha tasviriga jam qila olgan. Kartinaga diqqat bilan qarasak, undagi har bir chizgi, har bir obyektda eski davr muhiti ufurib turibdi. Ko’cha xonadonlarining eshiklari bir-biriga qarama – qarshi qilib qurilganligi-yu, paxsa devorlarining nurab qolganligi, notekis toshloq yo’lak va darvoza bo’yoqlarining eskirib, xira rangda ekanligi ham ijodkorning e’tiboridan chetda qolmagan. Ko’cha tasviri markazdan keng holatda ko’cha ichkarisiga qarab torayib borgan. Nur va soya o’yinlaridan mohirona foydalanish orqali rassom ayni tush payti ekanligini ko’rsatib bergan. Kartinada devor yonida yoqib qo’yilgan sham tasviri ‘umid” ramzi hisoblanib, ijodkor bu bilan yana qayta ulg’aygan maskaniga qaytish hissini qumsab kelayotganini o’z chizgilari orqali “yozib” qo’ygan.
Ish yaratilgan yil:
2023
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
90x120
Ishlar seriyasi:
Manzara
Shahar:
Samarqand
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst