Ish haqida
Qadimdan, ayrim maʼlumotlarga koʻra 3000 yildan beri, bahorni kutib olish, dehqonchilik ishlarining boshlanishi arafasida Navroʻzda sumalak. tayyorlab kelinadi. 20-asrning 90-yillaridan boshlab sumalak pishirish Navroʻz bayramida katta tantana bilan oʻtadi. Ushbu kompozitsyada ham aynan milliy qadriyatlarimiz sirasiga kirgan sumalak bazmi qalamga olingan. Kartinada musavvir tabiat uygʻonishi bilan tuygʻularimizda ham uygʻonish, tiniqlashish yuz berishini mahorat bilan tasvirlab bergan. Buni har bir obraz chehrasida ham ko`rishimiz mumkin, bundan tashqari orqa fonda ko`zga tashlanib turgan gullar va varraklar ham tomoshabinga yoshlik chog`larini eslatadi. Qahramonlarning kiyimlari ham bayramona: surxon vohasiga xos lachak, chopon va qadama do`ppi kiyib olishgan.
Turkiy xalqlar hayotida bahor fasli bayromona shukuhga ega. Surnay va doira chalib barchani xushnud etayotgan yigitlar tasviri ham bunga yaqqol dalil bo`la oladi.
Ish yaratilgan yil:
2020
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Ramka
O'lcham:
100x100
Ishlar seriyasi:
Maishiy
Shahar:
Termiz
Toifa va usul:
Moy bo'yoqlari, xolst