Ish haqida
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali 2018 yil Qarshi shahrida o’rnatildi. Ushbu haykal aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykaltaroshlik namunasi hisoblanadi.
Qahramonimiz boshida milliy do’ppi, egnida yoqali ko’ylak, bo’yinbog’ hamda yelkasi osha chakmonini tashlagan holda ishlangan. Bir qarashdayoq shoir portreti o’sha davr muhiti bilan uyg’un holatda ochib berilganini sezish mumkin. Haykalning yuzi, liboslaridagi burmalar ko’zga tashlanadigan darajada gavdalantirilgan. Ijodkor shoirni stulda o’tirgan holatda tasvirlagan. Abdulla Oripovning yuzidagi o’ychanlik shu holatda ham ijod bilan mashg’ul ekanligidan darak berib turibdi. Haykal orqasidagi devorga shoirning she’rlaridan namunalar bitildi. Bu esa mukammal kompozitsiya yuzaga kelishiga sabab bo’lgan. Haykalni tomosha qilar ekansiz, go’yo haqiqiy insondek yaratilgan siymodan hayratlanib, ijodkor mahoratiga tahsinlar o’qiysiz.
Ish yaratilgan yil:
2017
Ishning o'ziga xosligi:
O'ziga xos ish
Bezatish:
Yo'q
O'lcham:
all size
Ishlar seriyasi:
Dumaloq haykaltaroshlik
Shahar:
Karshi
Toifa va usul:
Polestr